No Name - Шохрух

No Name - Шохрух

Альбом
Yoron Ey
Год
2020
Язык
`uzbekiska`
Длительность
204510

Nedan finns texten till låten No Name , artist - Шохрух med översättning

Låttexten " No Name "

Originaltext med översättning

No Name

Шохрух

Tomonima esadi yellar, kimyoviy yomg’irlar

Bo’lmagan gaplardan paydo bo’lgan hulosalar

Ulardan natijada so’raladigan bema’ni savollar

O’tadi qora ko’zlar, huddi bir o’zlarining nazarida

Betakror va go’zallikda tengi yo’qlar, shirin so’zlar

Qalbakilashtirilgan ismlar, sun’iy ko’rinishlar, hammasi bir tiyin

Gap so’z bozorida g’iybatdan foyda ko’rgan asallar

Kundalik daftarlariga hayotimni beor holatda yozib bitganlarga

Parvoyim yo’q, ovora bo’lmasinlar.

(do you hear me?)

Dengizda kema misoli suzarim aniq, to’xtaganim yo’q hali ou

Tanu jonim salomat, yo’qotganim yo’q bilagimdagi quvvatimni

Zo’r emasman, yerda ham qolgan emasman

Kun o’tar kundan g’animat

Yuraklarda yotar hasrat

Yaxshi so’z bilan yaxshilar bo’laylik

Qalblarimizga yo’l topaylik

Hamma hammaga g’animat

Afsus topmay oxiri oqibat

Yaxshilik qilib hamohang bo’laylik

Do’stlik dargohiga jam bo’laylik

Demadim o’zgani yomon, qilmadim isyon

Qalbimda saqlamadim gumon, topmadim ziyon

Yomonning esa yomonligining o’zi yuz bora zarariga kifoya

Hayotning sovg’alari ko’p hali, ko’rinmas nihoya

Ha, o’z yo’lim sari qadamim ravon, man bo’lmasman hayron

Agarda sha’nimga davoman, to’xtamasdan yog’ilsa ham xazon

Yoyilsa rost yoki yolg’on, farqi nimada?

Og’ir vazn bilan xunuk muomala qilish

Qoshlarning burmalanishi har kimda berkingan hislat

Negadir kulib tabassum qilish hammaning ham qo’lidan kelavermaydi

Qilinmas odat, umuman olganda saqlanmaydi ba’zida odobu matonat

Hamma o’ziga bek, o’zicha o’ziga xon, boriga yo’qdir qanoat

Kun o’tar kundan g’animat

Yuraklarda yotar hasrat

Yaxshi so’z bilan yaxshilar bo’laylik

Qalblarimizga yo’l topaylik

Hamma hammaga g’animat

Afsus topmay oxiri oqibat

Yaxshilik qilib hamohang bo’laylik

Do’stlik dargohiga jam bo’laylik

Kun o’tar kundan g’animat

Yuraklarda yotar hasrat

Yaxshi so’z bilan yaxshilar bo’laylik

Qalblarimizga yo’l topaylik

Hamma hammaga g’animat

Afsus topmay oxiri oqibat

Yaxshilik qilib hamohang bo’laylik

Do’stlik dargohiga jam bo’laylik

2+ miljoner sångtexter

Låtar på olika språk

Översättningar

Högkvalitativa översättningar till alla språk

Snabbsökning

Hitta texterna du behöver på några sekunder