Musofir - Konsta

Musofir - Konsta

Альбом
Сборник
Год
2018
Язык
`uzbekiska`
Длительность
227860

Nedan finns texten till låten Musofir , artist - Konsta med översättning

Låttexten " Musofir "

Originaltext med översättning

Musofir

Konsta

Hozir lek yana yo’l, qaytaman uyga yomg’irdan pana yo’q

Hech kim kutmagan makonga sudrar

Tanim, nam oyoq

Qaytishga shay hammayog’im

Qilmasam ham ayon

Yashirsamam ko’zlarimdan

Charchaganim namoyon

Kelgandik o’ylab oilani, ta’minlashga

Ishga joylanib

Bedor tunlar sanab oylani, yuribmiz arqonsiz boylanib

Vaqt sekin-u yillar tez o’tar eshitib bir xil kuylani

Kelin bilan to’ldirib uylani, tengdoshlarim ulgurdi uylanib

Baxtli bo’lilar do’stim, baxtli farzandlar o’stir

Aytolmadim to’yinda tostim, chegaralar to’sdi

Suratlarda to’ylar, ulg’aygan do’stlar yarashib ko’ylak

Vaqt o’tayapti borgan sari tinchlik bermay shu o’ylar

Yo’llarmizdan alishtirdi bu binolar

Sen bilan qilgan orzularimiz yo’qotdik bu shaharda

Bu shahar inson qo’liga berib qalbidagi nola

Qayerdasan farishtam yo’l ko’rsat qo’llarimdan usha har

Dam

Hozir lek yana yo’l!

O’zga yurtda shox bo’lmadi hech kim

Hech kim yaxshi hayotidan chetga ketgani yo’q

Jonimni ol sendan kelsa kechgim

Qaytaman bag’ringa vatanim hozir lek yana yo’l!!!

Ko’zim ochsam uydaman, telefonim jiringlar

Ko’tarsam o’rtoqlarim «ha keldinglarmi?, kiringlar»

Xayrlashardi hamma

Kelganmushlar kuzatgani

Ketayotganmushman Moskvaga kamim tuzatgani

Nega shunday hammaga xayr deb hatladim ostonam

Bo’lmasdi shuncha dardim, bo’lmasdi shuncha dostonim

Bilmadim, ketmasam vatanni shuncha sevarmidim?

Ketmasam uyda bo’lish baxtini

Sezarmidim?

Tushim ekan bilsam bu, nimadur yetmasdi

Ha uyg’ongim kelmasdi, tushda

Qolsam ketmasdim

Bugun uyqim kelmasdi, lek ko’rgim kelar tushda

Chunki faqat tushimda uchardim erkin qushday!

Shu tushdagi shahrimda qolib

Ketgan bir qismim

Endi meni ko’plar taniydi lek bilishmas ismim

Va yana bir qismim joylandi shu kuyga

Sog' bo’lilar yorug' yuz bilan qaytaylik uyga!!!

O’zga yurtda shoh bo’lmadi hech kim

Hech kim yaxshi hayotidan chetga ketgani yo’q

Jonimni ol sendan kelsa kechgim

Qaytaman bag’ringa vatanim hozir lek yana yo’l!!!

2+ miljoner sångtexter

Låtar på olika språk

Översättningar

Högkvalitativa översättningar till alla språk

Snabbsökning

Hitta texterna du behöver på några sekunder